"Sevilya" Kondogbiani yana bir yilga ushlab qolmoqchi

Tolibjon Qosimov
22 avg 2013, 15:45
"Sevilya" o'z yarim himoyachimi Joffre Kondogbia yangi shartnoma taklif qilmoqchi, deb xabar bermoqda oneworldsports.com.
Ayni paytda Kondogbia yiliga 600 ming evro maosh oladi.

Yevropaning top-klublari fransiyalik futbolchiga qiziqishmoqda. "Monako" futbolchi uchun 13 million, "Yuventus" 18 million to'lashga tayyor edilar. Uni "Chelsi", "Manchester Siti" va "Manchester Yunayted" ham kuzatmoqda.

"Sevilya" prezidenti Xose Mariya del Nido futbolchini hatto 20 million evroga sotmasligini, Kondogbia 31 million evro turishini ma'lum qildi.

Kondogbia "Lans"dan 3,5 million evaziga "Sevilya"ga o'tgandi. O'tgan mavsumda u klub safida 37 ta o'yin o'tkazib 1 ta gol urdi va 3 ta golli pas berdi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru