"Sevilya" kelasi mavsum Nike bilan shartnoma tuzadimi?

Aslanov Jasurbek
3 apr 2018, 16:45
"Sevilya" rahbariyati texnik homiyni almashtirish niyatida.

2012 yilda klub New Balance bilan 5 yillik shartnoma tuzgan edi va u uzaytirilmadi.

Andalusiyaliklar kelasi mavsumdan Nike formalarida o'ynashi mumkin. AQSH kompaniyasi ispan klubiga har yil 2,3 mln. evro to'laydi. Jamoa Chempionlar ligasiga chiqsa 500 ming evro, Yevropa ligasida o'ynasa 100 ming evro oladi.

Bundan tashqari, "Sevilya" xalqaro va mamlakat ichidagi libos sotuvidan foiz oladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: www.footyheadlines.com