Seten: "Vilyarreal" uchun borimni beraman"

Sherzod Nurmatov
27 okt 2022
"Barselona"dan keyin mutaxassis dam olishiga to'g'ri keldi.

"Vilyarreal" bosh murabbiyi Enrike Seten ishiga qaytishi haqida gapirdi.

"Barselona"da o'zim uchun yangi bo'lgan vaziyatlarga duch keldim. Bu men foyda ko'rgan ajoyib tajriba edi. Lekin men bu mavzuni boshqa ko'tarmayman. Endilikda vaziyat o'zgardi va men ular yaxshiroq yoki yomonroqligini ayta olmayman.

"Vilyarreal"ga kelsak, ishonchim komilki, bu jamoa uchun borimni beraman. To'plagan tajribam tufayli muayyan vaziyatda o'zimni qanday tutishni bilaman", – dedi mutaxassis.

Avvalroq "Vilyarreal" Seten bosh murabbiy etib tayinlanganini rasman e'lon qilgandi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo