Sesk Fabregas: "Valensiya"ga qarshi o'yinda uch ochko olishimiz kerak"

Tolibjon Qosimov
1 fev 2014, 11:32
"Barselona" yarim himoyachisi Sesk Fabregas "Valensiya"ga qarshi oson o'yin kutmayapti.
- "Valensiya" bir nechta futbolchilarni sotgach kuchsizlandi deb o'ylamayman. "Ko'rshapalaklar" doim bizga muammo tug'dirishga urinishadi. "Valensiya"ni mensimaslik yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi, bu bahsda biz uch ochko olishimiz kerak. Taqibchilarimiz juda yaqinda, bitta xatodan unumli foydalanib qolishlari aniq, - deydi Fabregas Marca nashriga.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net