
- Qiyin vaziyatda qoldim. Klub yaxshi o'ynayapti va yuqori natijalarni qo'lga kiritayapti, shu sababli menda asosiy tarkibga tushish imkoniyati deyarli yo'q. Bosh murabbiy Klaudio Raneri bilan suhbatlashdim va u menga Fransiya Kubogi paytida o'yin amaliyotiga ega bo'lishimga so'z berdi. Braziliyada bo'lib o'tadigan jahon chempionatida yaxshi formada bo'lishim uchun tez-tez maydonga tushib turishim kerak, - Romeroning so'zlarini keltiradi ESPN.