Serxio Ramos "Sevilya" bilan La Liga va YCHLda g'olib bo'lmoqchi

Aziz Tukhtamuradov
7 sen 2023, 07:40
Serxio Ramos "Sevilya"ga qaytgandan so'ng La Ligada chempion bo'lishiga ishonmoqda.

"Menda Parijda qolish imkoniyati bor edi, ammo ushbu jamoada vaqtim tugaganini sezdim. Bu pul yoki yoshga bog'liq emas. 

Umid qilamanki, menda ham Ivan Rakitich yoki Xesus Navas kabi uyga qaytib, sovrinni boshim uzra baland ko'tarish imkoniyati bo'ladi. 

Bu qiyinligini bilaman, chunki bu narsani bizga shunchaki sovg'a qilishmaydi. Ammo birinchi navbatda bunga ishonish kerak. Bizda yaxshi jamoa shakllanmoqda.

Ishonamanki, jamoa bilan sovrin yuta olamiz, xatto La Liga yoki Chempionlar ligasini ham", - dedi Ramos.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Estadio Deportivo