Serxio Ramos: "Real" doim yuragimda. Men "ko'rishguncha" deb qolaman, sababi qaytaman"

Alisher
17 iyun 2021, 16:14
"Real"dan ketgan Serxio Ramos Madrid klubi bilan xayrlashuv tadbirida ishtirok etdi.

"Men bilan bo'lgan barchaga rahmat aytaman. Klub va uning prezidenti [Florentino Peres], murabbiylari va xodimlariga minnatdorchilik bildirmoqchiman.

Men hozir sizga qarab turibman va hissiyotlarimni jilovlay olmayapman. Muxlislarga ham rahmat. Shu yerda, "Santyago Bernabeu"da xayrlashmoqchiman. Ammo, siz doim mening yuragimda bo'lasiz.

Hayotimning noyob bosqichi yakunlanmoqda. Menda endi bunaqasi bo'lmaydi. Men o'zimning eng yaxshi darajamni namoyish etishni va yana bir nechta sovrinlarni yutishni davom ettirmoqchiman.

Barchaga katta rahmat. Men "ko'rishguncha" demoqchiman, sababi ertami yoki kech, qaytaman", - deydi Ramos.

→ "Real" Ramos bilan xayrlashdi. U xayrlashuv matbuot anjumanida yig'lab yubordi (VIDEO) 

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: As