

OAVda bir necha marotaba "Qirollik klubi" bu futbolchiga qiziqish bildirayotgani e'lon qilingan edi.
"Real"da o'ynamaydigan futbolchilar haqida gapirish, vaqtni yo'qotish, spekulyaciya bilan shug'ullanishdek gap. Gap ajoyib futbolchi haqida ketmoqda, biroq jamoamiz g'alaba qozondi va hozir yaxshi holatda. Futbol pul tufayli ishlab turibdi. Har bir klub o'zi istaganini yoki imkoni borini to'laydi. Bunday savollar mening vakolatimga kirmaydi, ammo safimizni to'ldirgan futbolchilarni yaxshi kutib olganmiz" - deydi Ramos.



