

Madrid klubi shifokorlari Ramos chap tizzasining medial kollateral paylarining cho'zilishini aniqlashgan. Real futbolchi qachon maydonga qaytishini oshkor qilmayapti.
As nashri esa, Ramos 5-6 hafta maydonga tusha olmasligini ma'lum qildi. U Ispaniya chempionatining 4ta o'yinida, YCHL doirasidagi Legiyaga qarshi ikkita uchrashuvda va Ispaniya terma jamoasining keyingi oydagi bahslarida ishtirok etmaydi.
Ramos katta ehtimol bilan 19 noyabr kuni bo'lib o'tadigan Atletikoga qarshi bahsga tayyor bo'ladi.



