Serxio Aguero: "Manchester Yunayted"ni hisobdan chiqarib bo'lmaydi"

Mirjalol Normatov
19 dek 2023, 22:37
"Manchester Siti"ning sobiq futbolchisi Serxio Aguero "shaharliklar"ning APL chempionligi uchun kurashida MYU ham halaqit qila olishini aytdi.

"Manchester Yunayted"ni hisobdan chiqarib bo'lmaydi. Ular doimo "Manchester Siti"ning titul yo'lidagi asosiy raqibi bo'lib kelgan.

Shuningdek, "Tottenxem"da ham titul uchun imkoniyatlar etarlicha, ular yangi bosh murabbiyi qo'l ostida katta o'sishga erishdi. "Nyukasl"da ham g'oliblik uchun imkoniyat bor, ular kurashishdan to'xtashmaydi", - dedi "Manchester Siti"ning sobiq forvardi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia