Serxi Roberto MLSga o'tishi mumkin

Mirjalol Normatov
5 mar 2022, 00:12
"Barselona" yarim himoyachisi Serxi Robertoda Yevropaning tashqarisidan variantlar bor.

"Marca" xabariga ko'ra, 30 yoshli ispaniyalik futbolchiga MLS klublari tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. Ammo klublarning nomlari ochiqlanmagan.

Xavbekning klubi bilan shartnomasi yozda yakuniga etadi. Tomonlar ancha vaqtdan buyon muzokaralar olib bormoqda, ammo bu muvaffaqiyatli davom etmayapti.

Ushbu mavsumda Roberto "Barselona" tarkibida 12 o'yinda qatnashib, 2 gol va 1 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca