Server Jeparov: "Farg'onada og'ir o'yin o'tkazdik"

Narzulla Saydullayev
15 avg 2016, 11:01
Oliy liga doirasidagi "Neftchi" - "Lokomotiv" (1:1) bahsidan keyin toshkentliklar vakili Server Jeparov o'yin haqida fikr bildirdi.
- "Neftchi"ga qarshi o'ta og'ir bellashuvda ishtirok etdik. Ochig'i, bugun biz Farg'onaga uch ochkoni ko'zlab kelgandik. Biroq o'yin natijasini ko'rdingiz. "Neftchi" -  yaxshi jamoa. Ular himoyada tartibli o'yin ko'rsatishlari bilan menda ko'proq taassurot qoldirishdi. Biz esa navbatdagi o'yinlarga e'tibor qaratamiz, - dedi Server Jeparov.

"Neftchi" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia