Serji Roberto "Barselona"da maoshining keskin kamayishiga rozi bo'lmadi

Alisher
17 yanv 2022, 16:53
"Barselona" va himoyachi Serji Roberto yangi shartnoma borasida hali kelishuvga erishmadi.

Kataloniyaliklar o'yinchiga kelasi yozda yakunlanadigan shartnomasini uzaytirishni tavsiya etishdi, ammo maoshni sezilarli kamayishi bilan.

29 yoshli Robertoni "Barsa"ning bunday taklifi qanoatlantirmaydi, u kelishuvning birinchi variantini rad etdi.

Roberto joriy mavsum Ispaniya chempionati doirasidagi 9ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo