Serj Ore Madrid klubiga o'tishi kutilmoqda

Eldor Akmurzayev
18 iyul 2022, 10:00
“Vilyarreal” fulbeki Serj Ore faoliyatini “Atletiko”da davom ettirishi mumkin.

Ivuarlik o'ng qanot himoyachi erkin agent maqomida madridliklar a'zosiga aylanishi kutilmoqda.

29 yoshli Ore yakunlangan mavsum “sariq suvosti kemasi” tarkibida 24 bahsda qatnashib, 2 ta golga hammuallif bo'ldi.

Serj Ore “Vilyarreal”dan tashqari, “Lans”, “Tuluza”, PSJ hamda “Tottenxem” sharafini himoya qilgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: AS