Serj Gnabri: "Dembele Mbappedan yaxshiroq"

Alisher
27 okt 2021
"Bavariya" hujumchisi Serj Gnabri hujjatli filmda "Barselona" o'yinchisi Usmon Dembele va PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni taqqosladi.

- Dembele Mbappedan yaxshiroq, - dedi Gnabri.

- Yaxshiroq deganda nimani nazarda tutyapsan? Agar menda Dembelening driblingi bo'lganida, men ham yaxshiroq bo'lgan bo'lardim, - deb javob qaytardi Tomas Myuller.

- Agar mendan Dembele va Gnabri yoki Komanni tanlashni so'rashsa, Gnabri yoki Komanni tanlagan bo'lardim. Dembelening muhokamasi meni g'azablantiradi, - dedi Yozua Kimmix.


AlisherMuallif
Manba: Goal