Sergey Lushchan: “Olti ochkolik o'yinda g'alaba qozondik”

Superliganing 13-turida o'rin olgan “Neftchi”-“So'g'diyona” (0:2) O'yindan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Sergey Lushchan va o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Shoxruz Norxonovlar matbuot anjumanida ishtirok etdi.

-Raqiblarni bugungi o'yinda omadi kelmadi deya olmayman. Ular juda yaxshi o'yin kursatishdi va yaxshi shakllangan jamoa ekanligini isbotlashdi. Ular bugun vaziyatlardan foydalana olishmadi, xolos. Bugungi o'yinda “Neftchi” o'z o'yida o'ynayotganini hisobga olib,  shunga yarasha tayyorgarlik ko'rdik. “So'g'diyona” va “Neftchi”  deyarli bir xil vaziyatda. Bugun raqiblar 3 ochko uchun kurashishini bilar edik, ammo o'yin 6 ochkolik edi. Uchrashuv boshida standart vaziyatgan gol kirita oldik va muhimi bugun ochko bilan qaytmoqdamiz. O'yindan qoniqdim,-deydi Sergey Lushchan.

-Bu o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rgan edik. 6 ochkolik o'yin bo'lishini bilar edik. Bahs boshida vaziyatlardan foydalandik va  yakundaximoyada yaxshi harakat qildik.Jamoamiz 90 daqiqa davomida yaxshi o'yin namoyish etdi.  “Neftchi” juda ishtiyoqi baland jamoa. Keyingi o'yinlarida omad tilayman. Bugun bizni Jizzaxdan kelib qo'llab-quvvatlagan muxlislarga o'z  minnatdorchiligimizni bildiramiz, -deydi Shoxruz Norxonov.


"So'g'diyona" matbuot xizmati.


Manba: championat.asia