Sergey Lushan: "Yosh futbolchilarimiz OCHLda katta tajriba to'plashdi"

Narzulla Saydullayev
5 may 2016, 00:28
"Lahviya" - "Bunyodkor" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Sergey Lushan ishtirok etdi.

"Bugungi uchrashuvdan qoniqdim, yigitlar o'yinda borlarini berib o'ynashdi. Bundan xursandman. Bahs teng kurashlar ostida o'tgan bo'lsa-da, bizda golli vaziyatlar ko'p bo'ldi. Ammo ulardan foydalana olmadik. Bizning yoshlarimiz kerak bo'lsa bir o'yinda 4-5talab gol urishayapti, bazida esa umuman ura olishmayapti. "Lahviya"ni tabriklayman. Bu jamoaga keyingi bosqichda omad tilayman.

Bunday ob-havoda yuqori tezlikda o'ynash oson emas. Lekin shunday sharoitda imkon qadar yaxshi o'yin ko'rsatgan shogirdlarimga rahmat aytaman.

- "Bunyodkor" ushbu musobaqaning eng yosh jamoasi. Bu tarkibni kelajagi porloq ekanligini butun Osiyo bilib turibdi. Yigitlar musobaqadan nimalar olishyapti deb uylaysiz?
- Albatta bu juda katta musobaqa. Undan tajriba olamiz. Yoshlarimiz bu musobaqadan tashqari, Osiyoning boshqa turnirlarida ham ishtirok etishmoqda. Bu yigitlarni kelajakda milliy terma jamoaning munosib va etuk futbolchilari bo'lib yetishishi uchun tarbiyalayapmiz. Bizni kuzatib borayotganingiz uchun tashakkur.

Lushanga uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Eldor Shomurodov hamrohlik qildi.
"Ikkala jamoaga ham o'yin qiyin bo'ldi. Bunday havoda o'ynash oson emasdi. Guruh bosqichida qayerdadir omad yetishmadi", - deydi Shomurodov.


"Bunyodkor" matbuot xizmati


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia