Sergey Lushan: "O'yinning so'nggi qismida faollashishimiz taktika bilan bog'liq holat edi"

Alisher
17 mar 2025, 03:20
Superliga 2-tur doirasidagi "So'g'diyona" - "Navbahor" (2:3) o'yinidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Sergey Lushan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- O'yin teng kurashlar ostida o'tdi. Futbolda kim ko'p gol urgan bo'lsa, o'sha g'alabaga erishadi. O'yin menga yoqdi, futbolchilarga minnatdorchilik bildiraman. Menimcha o'yinimiz muxlislarga ham manzur keldi deb o'ylayman. Ehtimol durang natija adolatli bo'lardi, ammo biz o'z imkoniyatlarimizdan foydalandik. Raqibda ham ikkita imkoniyat bor, ammo ular undan gol ura olishmadi. Bu - futbol.



- FIFAning taqiqi sizlarga qanday ta’sir qildi?

- Ichki gaplarni aytmayman. Bizning jamoamiz mutlaq yangi. O'tgan yil tarkibdan faqat ikki kishi bor. O'zbekistondagi barcha o'z tarkibini saqlab qoldi, ammo bizda vaziyat boshqacha. Imkoniyatimizdan kelib chiqib sifatli o'yinchilarni oldik. Qayerdadir o'xshamoqda, qayerdadir esa yo'q. Mudofaa va hujumda muammolarimiz bor. Ishlashda davom etamiz.

- Alisher Odilov va Ruslan Jiyanov zaxiradan o'yinga qo'shildi. Bu taktik qarormidi yoki ular 90 daqiqa o'ynashga tayyor emasmidi?

- Bu ko'proq taktik qaror edi. Ularga so'nggi 30 daqiqada o'yinni kuchaytirish kerakligini aytdim. O'tgan o'yinda bosim qila olmadik. Bu o'yinda esa birinchi bo'limda mudofaadan o'ynadik, ikkinchi bo'limda esa yosh va tezkor o'yinchilarni tushirdik. Doim ham bunday taktika qilamiz deya olmayman, ammo bugun ushbu rejamiz amalga oshdi.



O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia