

"Barcha yaxshi biladi, "Bunyodkor" kubok bahslarida ham o'z oldiga doim yuqori maqsadlar qo'yadi. Bu yilgi maqsadimiz ham shunday. Finalga chiqishimiz uchun "Lokomotiv"ni dog'da qoldirishimiz kerak.
To'g'ri raqibimiz jiddiy. Lekin har qanday raqibga qarshi o'ynasa bo'ladi. Buni boshqa klublar ham amalda isbotlashmoqda. Shuning uchun "Lokomotiv"dan cho'chiyotganimiz yo'q. Chunki "Lokomotiv" "Real" yoki "Barselona" emas. Finalga chiqish imkoniyatimiz bor. Muhimi, yarim finaldan muvaffaqiyatli o'tishimiz kerak", - deydi Lushan "Futbol Ekspress" gazetasiga.



