Senegal termasi futbolchisi "Chelsi"ning yangi bosh murabbiyini aytdi

Mirjalol Normatov
20 iyun 2018, 20:11
Senegal termasi himoyachisi Kalidu Kulibali murabbiy Mauricio Sarri "Chelsi"ni boshqarishiga ishonadi.

"Chelsi" muxlislari Mauriciodan ko'p narsani kutsa bo'ladi, chunki u ajoyib mutaxassis. U "Napoli"ni boshqarmasligidan afsusdaman. Biroq Karlo Anchelotti ham buyuk murabbiylardan. U bilan ham g'alabalarga erisha olamiz.

Sarri "Chelsi" katta g'alabalar olib kela oladi. Biroq klubdagilar uning o'yin uslubiga tushib olishi uchun vaqt kerak. Neapolda uni qattiq hurmat qilishadi va Londonda ham shunday bo'ladi deb ishonaman", - dedi Kulibali.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Calciomercato