

Nelson Semelu Chempionlar Ligasi uchun qo'yilgan taqiqqa qaramay, "Manchester Siti"ga o'tishga qaror qildi.
Bitim doirasida himoyachi Joau Kanselu Kataloniya klubiga o'tadi. Ikkala o'yinchining agenti ham Jorje Mendesh hisoblanadi.
"Shaharliklar" bosh murabbiyi Pep Gvardiola ham Semeduga qiziqmoqda va o'zi qoniqmayotgan Kanseluni qo'yib yuborishga qarshi emas.
Eslatib o'tamiz, avvalroq havola etgan materiallarimizdan birida biz aynan shu almashuv amalga oshirilishi haqida xabar bergandik.



