Sem Ellardays: "Manchester Siti"ni yutsa bo'ladi"

8 okt 2013, 09:47
"Vest Xem" bosh murabbiyi Sem Ellardays "Tottenxem"dan keyin enji "Manchester Siti"ni ham hafa qilish niyatida ekanini ta'kidladi.
"Siti"ni yutsa bo'ladi. "Aston Villa" va "Kardiff" ularni mag'lub eta oldi. Biz terma jamoalar o'yinlari hisobiga orada bo'ladigan tanaffusdan so'ng, o'z uyimizda ularga qarshi maydonga chiqamiz va ushbu o'yinda g'alaba qilishga intilamiz".


"Siti" ikki bor mehmonda mag'lub bo'ldi. Bu ikki o'yinda 5ta gol o'tkazib yubordi. Shuning uchun ham bemalol aytish mumkinki, bizda buni davom ettirish uchun yaxshi imkoniyat bor. Ushbu uchrashuvda o'zimizning eng yaxshi futbolimizni namoyish etishimiz lozim", dedi Ellardays.