Sebalos "Real"da o'zini begonadek his etmoqda

Sherzod Nurmatov
22 fev 2022
"Real"ning ispaniyalik yarim himoyachisi Daniel Sebalos yozda "qirollik klubi" safini tark etishi mumkin.

Jurnalist Pako Delgado axborotiga ko'ra, Sebalosning keyingi mavsumda "Betis"da to'p tepish ehtimoli bor. 

Eslatib o'tamiz, "Real" uni 2017 yilda aynan "Betis"dan sotib olgandi.

Manbaning xabar bereshicha, Karlo Anchelotti Madridda qolsa, u jamoadan ketadi. Chunki Dani tajribali mutaxassis qo'l ostida ko'p ham o'yin amaliyotiga ega bo'lmayapti.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Diario AS