Sautgeyt Foden va Grinvudni Angliya termasi yig'iniga jalb qilmadi

Eldor Akmurzayev
1 okt 2020, 20:05
Angliya terma jamoasi 8 oktyabr kuni Uels bilan o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

So'ngra, Millatlar Ligasi doirasida Belgiya (11) va Daniyaga (14) qarshi to'qnash keladi. 

Garet Sautgeyt bo'lajak uchrashuvlar uchun Fil Foden (“Manchester Siti”) va Meyson Grinvudni (MYU) qaydnomaga kiritmaslikka qaror qildi. Ular Islandiyaga qarshi bahsdan keyin mehmonxonaga engil tabiat qizlarni taklif etgani uchun terma jamoadan chetlatilgan edi.

Darvozabonlar: Din Xenderson (Manchester Yunayted), Nik Poup (Bernli), Jordan Pikford (Everton).

Himoyachilar: Trent Aleksandr-Arnold (Liverpul), Ben Chilluell (Chelsi), Konor Koadi (Vulverxempton), Erik Dayer (Tottenxem), Djo Gomes (Liverpul), Maykl Kin (Everton), Xarri Maguayr (Manchester Yunayted), Eynsli Meytland-Nayls (Arsenal), Tayron Mingz (Aston Villa), Bukayo Saka (Arsenal), Kiran Tripper (Atletiko, Ispaniya), Kayl Uoker (Manchester Siti).

Yarim himoyachilar: Djordan Xenderson (Liverpul), Meyson Maunt (Chelsi), Kelvin Fillips (Lids), Deklan Rays (Vest Xem), Djeyms Uord-Prauz (Sautgempton), Xarri Uinks (Tottenxem).

Hujumchilar: Temmi Abraxam (Chelsi), Xarvi Barns (Lester), Dominik Kalvert-Lyuin (Everton), Jek Grilish (Aston Villa), Denni Ingz (Sautgempton), Xarri Keyn (Tottenxem), Markus Rashford (Manchester Yunayted), Djeydon Sancho (Borussiya Dortmund, Germaniya), Raxim Sterling (Manchester Siti).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/England