“Sautgempton” Maurisio Pellegrinoni iste'foga chiqardi

13 mar 2018, 08:10
Argentinalik murabbiy ishidan haydaldi.

46 yoshli Pellegrino 2017 yil yozida “Sautgempton”ni qabul qilib olgan edi. APLning 30 turidan keyin jamoa 17-o'rinda borayotgan edi. Jamoani quyi zonada turgan “Kristal Pelas”dan atigi bir ochko ajratib turibdi.

Omadsiz ishtirok va yomon natijalar tufayli Pellegrino ishdan bo'shatildi. Uning jamoa bilan uch yillik shartnomasi mavjud edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Telegraph