Saudiya Arabistoni. Ronaldudan 940-gol, Feliksdan xet-trik: "Al Nassr" mavsumni yirik g'alaba bilan boshladi
Mirjalol Normatov
30 avg 2025, 00:58
Saudiya Arabistoni chempionatining 1-tur o'yinlari davom etmoqda.
Bugungi kun doirasidagi so'nggi bahsda "Al Nassr" safarda "Al Taavun"ni 5:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Krishtianu Ronaldu ushbu uchrashuvdagi goli orqali faoliyatidagi 940-golini urgan bo'lsa, Joau Feliks xet-trik qayd etdi.