Sarri: "Liverpul" APL g'olibi bo'ladi"

Mirjalol Normatov
28 sen 2018
"Chelsi" bosh murabbiyi Mauricio Sarri "Liverpul"ning darajasi haqida gapirdi.

"Liverpul" 1990 yildan buyon Angliya chempionatini yuta olmadi? Bu juda ham g'alati. Fikrimcha endi ular bu ishni uddalay olishadi.

Bu jamoa bilan Yurgen Klopp ishlamoqda. U dunyoning eng yaxshi murabbiylaridan biri. U o'tgan mavsumda jamoa bilan ajoyib tarzda ishladi. Hozir "Liverpul" Premer-ligani yuta oladigan saviyada. Ular bunga tayyor", - dedi Sarri.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal