Sarri "Lacio" bilan shartnomani uzaytirdi

Alisher
27 may 2022, 10:17
"Lacio" bosh murabbiyi Mauricio Sarri klub bilan shartnomasini uzaytirdi.

63 yoshli mutaxassis 2025 yilga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekishdi. Rasmiy ma'lumot tez orada berilishi kutilmoqda.

Sarri jamoani o'tgan yozdan beri boshqarmoqda. Rim jamoasi 2021/22 yilgi mavsumda beshinchi o'rinni egalladi.

Sarrining yiliga 3,5 million evro maosh olishi aytilmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Corriere dello Sport