Sardor Rashidov: "Lokomotiv"ga hozir g'alaba juda muhim"

Narzulla Saydullayev
31 mar 2018
Bugun O'zbekiston Superligasida 4-tur uchrashuvlari davom ettiriladi.

Kunning eng qiziqarli o'yinlaridan biri Olmaliqdagi “OKMK” stadionida kechadi.  Unda mamlakatimizning amaldagi chempioni – “Lokomotiv” AGMK jamoasi mehmoni bo'ladi.

Mazkur o'yin oldidan “temiryo'lchilar” jamoasi yetakchilaridan biri Sardor Rashidov klub rasmiy saytiga o'z fikrlarini bildirib o'tdi:

– AGMK bilan o'yinga jamoamiz jiddiy tayyorgarlik olib bordi.  Zero bugungi o'yinda g'alaba bizga suv va havodek zarur.  Shu sababli ham “Lokomotiv” maydonga faqat 3 ochkoni ko'zlagan holda chiqadi.  Milliy terma jamoa yig'inidan so'ng “Loko” mashg'ulotlariga qaytib keldik va o'yinga imkon qadar yaxshi tayyorlanishga urindik.  Umid qilamanki, bugun o'z muxlislarimizga chiroyli g'alaba taqdim qila olamiz, – dedi mahoratli futbolchi.

Ta'kidlab o'tamiz, AGMK – “Lokomotiv” o'yini soat 18:00da start oladi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz