

Sabri Lyamushi boshchiligidagi "Al Jayish" kecha Avstriyaning "Linc" klubi bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi. O'yinda qatarliklar 5:0 hisobida zafar quchishdi.
O'zbekiston terma jamoasi a'zosi o'yinning ikkinchi bo'limida maydonga tushdi va 45 daqiqa harakat qildi. Rashidov "Bunyodkor"dan "Al Jayish"ga ko'chib o'tgan edi.
Qatarda yangi mavsum sentyabr oyida start oladi.



