Sardor Nurovni tabriklaymiz!

Narzulla Saydullayev
2 iyun 2017, 08:16
Bugun “Nasaf” PFK matbuot xizmati xodimi, fotografi Sardor Nurovning tavallud ayyomi kuni. Sardorjon bugun 23 yoshga to'ldi.
Klubimizning bugungi hayotini,  o'zining tasvirlari orqali tarix sahifalariga muhrlayotgan Sardorjon jamoamizda  hurmatga sazovor.

Jamoamiz o'yinlarini tomosha qilish nasib etmagan muxlislarimiz, Sardor Nurovning mehnati orqali ushbu o'yindagi eng muhim daqiqalarni aniq tasavvur qilishib, zavq olishadi.

Fotografning birgina olgan surati, bazan minglab so'zlardan ko'ra ko'proq,  voqelikni hikoya qilib qo'yishi mumkin. Umuman hayotimizni fotosiz tasavvurga sig'dirish qiyin. Yosh bo'lishiga qaramasdan ana shunday sharafli kasbni haddisini olgan ukamiz, doimo izlanishda va ijod og'ushida.

Sardor Nurovsiz nafaqat futbol uchrashuvlari,  balki  klubimizning hech bir tadbiri usiz o'tmaydi. U har yerda hamisha hoziru-nozir bo'ladi.

“Nasaf” PFK rahbariyati, futbolchilari, murabbiylari va barcha xodimlari nomidan Sardorjonni bugungi tavallud ayyomi bilan samimiy tabriklaymiz. Unga mustahkam sihat-salomatlik, uzoq umr va bax-saodat tilaymiz. Uning barcha orzu-istaklari ro'yobga chiqishiga tilakdoshmiz!

Sardorjon tug'ilgan kun qutlug' bo'lsin!
 

“Nasaf” PFK jamoasi



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz