Sardor Azmun: "Kelajagimni JCH-2018dan keyin hal qilaman"

Tolibjon Qosimov
3 okt 2017
"Rubin"ning eronlik hujumchisi Sardor Azmun o'z kelajagiga Jahon chempionatidan so'ng oydinlik kiritishini aytib o'tdi.

"Yetakchi chempionatlardan birida to'p surishni istayman. Yakuniy qarorga Jahon chempionatidan so'ng oydinlik kiritaman. Men shunday jamoa topishim kerak-ki, u yerda asosiy tarkibda o'ynay olishim kerak. Agar bir oy zaxirada o'tiradigan bo'lsam, u holda o'yin amaliyotimni yo'qotaman. Jahon chempionatiga chiqqan barcha terma jamoa unga munosib tayyorgarlik ko'radi. Eron ham shunday tayyorlanishi lozim. Ushbu turnirda gol urishni istardim, chunki bu juda jiddiy musobaqa. Mening orzuyim "Real"da to'p tepish. Bolaligimdan bu jamoaga muxlisman", - dedi eronlik hujumchi.



Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru