Sarabiya ispan grandiga o'tishi mumkin

Alisher
25 avg 2021, 16:52
PSJ yarim himoyachisi Pablo Sarabiya faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.

O'yinchiga "Atletiko" qiziqish bildirmoqda. Madridliklar Sarabiyaga "Chelsi" va MYU da'vogarlik qilayotgan Saul Nigesga o'rinbosar sifatida qarashmoqda.

Ispaniya terma jamoasi o'yinchisining Parij klubi bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilga qadar mo'ljallangan.

Eslatib o'tamiz, Sarabiya PSJga 2019 yilda "Sevilya"dan 18 mln evro evazigan o'tgandi. U joriy mavsum 2ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca