Santyago Solari: "Futbolda adolat haqida gapirish qiyin"

7 fev 2019, 05:11
"Real" bosh murabbiyi Santyago Solari "Barselona"ga qarshi o'yindan (1:1) keyin fikr bildirdi.

– Futbolda adolat to'g'risida gapirish qiyin. Bizda ikkinchi golni kiritish uchun bir qancha vaziyatlar yuzaga keldi: Beyl, Kroos... Ehtimol, o'yinni juda yaxshi, yoqimli va sifatli bo'ldi degan insonning fikriga qo'shilaman. Bellashuv bizga va muhlislarga zavq bag'ishlay oldi.

– Yirik (1:5) mag'lubiyatdan so'ng xarakter ko'rsatishni xohladingizmi?

– Taqqoslashlar har doim manosiz bo'ladi. Shogirdlarim o'ta jiddiy ishlashdi va buni bugungi o'yinda guvohiga aylandik.

– Javob bahsida kim favorit bo'ladi?  
– Savolni ochiq qoldiraman. Ko'p narsa bo'lishi mumkin. Chunki, ikkala jamoaning ham darajasi juda yuqori.

– Marseloning o'yinini qanday baholaysiz?
– Marselo – ikkinchi sardor, 100 foizlik madridist hisoblanadi. Biz uning eng yaxshi darajasiga qaytishini kutamiz.

– Vinisiusning o'yini haqida nima deya olasiz?

– Bundan ajablanmayman. Sababi, jamoaga o'tganidan beri u bilan alohida iishlab kelmoqdaman. 18 yoshli shogirdimning o'yini kishini quvontiradi. Chunki, bunday o'yin kamdan-kam futbolchilarda kuzatiladi. Vinisiusning porlashi uchun yordam bera oladigan jamoadoshlari bor, – deya Solarining so'zlarini keltirdi Marca nashri.

O'xshash yangiliklar


Manba: marca.com