Sanjar Rashidov: "Paxtakor"ni mag'lub etishimiz shart"

2 noya 2017, 15:08
Ertaga O'zbekiston chempionati oliy liga 27-tur uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

Ushbu turda Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasi o'z uyida Toshkentning "Paxtakor" jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv oldidan "So'g'diyona" klubi futbolchisi Sanjar Rashidov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Paxtakor"ga qarshi uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'ryapmiz. O'z uyimizda g'alaba qozonishga harakat qilamiz. Buni barcha futbolchilar yaxshi tushunib turipti. Biz faqat g'alaba qozonish uchun maydonga chiqamiz. "Paxtakor"ga qarshi har safar qiyin o'yin o'tkazganmiz, oson ishni o'zi yo'q. Jamoada birgina yo'qotish bor. Ertangi uchrashuvda Ixtiyor Toshpo'latov maydonga tusha olmaydi. 

Muxlislar ko'z o'ngida to'p tepish har safar yoqimli. Ular bizga kuch berib turadi. "Paxtakor" jamoasining yarim himoya chizig'i kuchli, deb o'ylayman. Ushbu chiziqda Jamshid Iskanderov to'p tepadi. Iskanderovni xavfli futbolchi deb bilaman", - deydi Sanjar Rashidov



Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi



O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia