Sane Myunxenga yetib keldi va "Bavariya" uchun tibbiy ko'rikdan o'tdi

Alisher
2 iyul 2020, 10:20
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Leroy Sane "Bavariya"ga o'tishga yaqin.

Nihoyat 24 yoshli Germaniya terma jamoasi futbolchisi Myunxenga yetib keldi va "Bavariya"ga transferi oldidan tibbiy ko'rikning birinchi qismidan muvaffaqiyatli o'tib oldi.

Tibbiy ko'rikning ikkinchi qismi bugun bo'lib o'tadi.

Oldinroq, "Bavariya" xavbek uchun 49 million evro (bonuslar bilan birga 60 million) to'lashi, Sane esa klub bilan 5 yillik shartnoma imzolashi va yiliga 17 million maosh olishi aniq bo'lgan edi.

[instagram]

 [/instagram]

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/__Kumbi__