"Sane "Bavariya" yuqori darajali klubligini biladi. Men uning transferidan xursand bo'lardim"

4 iyun 2019, 03:30
"Bavariya" himoyachisi Niklas Zyule "Manchester Siti" futbolchisi Leroy Sanening myunxenlielar tarkibiga qo'shilishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.

"Leroy – noodatiy futbolchi. Agar transfer amalga oshsa, "Bavariya" to'g'ri tanlov qilmoqda. U nafaqat yuqori darajali malaka sohibi, shuningdek mukammal inson hamdir. 

Sane jamoaga kelsa juda xursand bo'lardim, lekin men aralashmasligim kerak. U "Bavariya" yuqori darajali klubligini biladi", - deydi Zyule.

O'xshash yangiliklar


Manba: sport1.de