Sanches Arsenal futbolchilari bilan urishib qoldi

Narzulla Saydullayev
6 mar 2017, 08:45
Arsenal hujumchisi Aleksis Sanches 27-turidan o'rin olgan Liverpulga qarshi o'yindan oldin (1:3) klubdoshlari bilan urishib qoldi.

28 yoshli chililik futbolchi Arsenal futbolchilari bilan urishib qolgan va mashg'ulotni tark etgan.

Shu sababli Sanches Liverpulga qarshi o'yin asosiy tarkibida maydonga tushmadi va ikkinchi bo'limda o'yinga qo'shildi, Arsen Venger bu qarorni taktika bilan bog'lagandi.

Sanchesning Arsenal bilan shartnomasi 2018 yil yoziga qadar tuzilgan. Klub futbolchiga yangi shartnoma taklif qiladi. Unga ko'ra Sanches hozirgi maoshidan ko'ra (haftasiga 130 ming funt) 50 ming ko'proq oladi. Biroq u 250 mingdan kam taklifni ko'rib chiqmoqchi emas.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: telegraph.co.uk