Associated Press axborot agentlining 29 mart, shanba kuni tarqatgan xabariga ko'ra, bu stadionda 2014 yil yozida futbol bo'yicha jahon chempionatining ochilishi o'tkazilishi kerak.
Vaqtinchalik o'rindiqlarni echishga qarashayotgan ishchi sakkiz metr balandlikdan yiqilgan va shifoxonada vafot etgan. Qurilish kompaniyasi va tibbiyot muassasasi xodimlari ishchining halok bo'lganini tasdiqlashdi.
Ro'y bergan hodisa Arena Korintians (boshqa nomi – Itakeran) stadionini topshirish muddatlariga ta’sir qilish-qilmasligi hozircha noma'lum. Quruvchilar shunda ham 2013 yil noyabrida ro'y bergan minorali kranning ag'darilishi sabab rejadan ortda qolishmoqda – ushbu favqulodda hodisa natijasida uch kishi halok bo'lgan, sharqiy tribunalarning bir qismi esa vayron bo'lgandi.
FIFA Arena Korintians may oyi o'rtalariga, yani, JCH-2014’ning 12 iyunda bo'ladigan ochilishidan bir oy avval foydalanishga topshirilishini kutmoqda. Ushbu obektdagi qurilish ishlari 2014 yil yozidayoq yakuniga yetishi kerak edi.
Reja bo'yicha ushbu stadion jahon chempionatidan bir yil avval o'tkaziladigan Konfederatsiyalar Kubogi uchrashuvlariga mezbonlik qilishi kerak edi. Biroq moliyalashtirishdagi uzilishlar sabab arena haligacha qurib bitkazilgani yo'q.