
"Bugun maydon holati futbol o'ynashga juda xalal berdi. Faqat yuqoridan o'ynashga majbur bo'ldik. Juda ko'plab imkoniyatlardan foydalana olmadik. Uch ochkoni qo'lga kiritdik, oldinga intilishda davom etamiz. Xatolar ustidan ishlaymiz. "So'g'diyona" jamoasi yaxshi o'yin namoyish eta oladi, ko'plab ochkolarni yo'qotishda maydonning sifatsizligi ham ta’sir qilgan. Hakamlar borasida gapira olmayman. Maqsadimiz O'zbekiston chempioni bo'lish, kubokni qo'lga kiritish. Muxlislarimizni xursand qilish", - deydi Babayan.