Samvel Babayan: "Buyuk klubda men birga ishlagan barchaga rahmat aytaman"

Narzulla Saydullayev
7 iyul 2015, 14:18
Milliy terma jamoa bosh murabbiyiga aylangan Samvel Babayan lavozimini tark etish asnosida xayrlashuv so'zlarini bildirdi.

Samvel Babayan: - Uzoq yillar mobaynida klubda men bilan yonma-yon bo'lgan barchaga minnatdorchilik bildiraman. Murabbiylar shtabi, futbolchilar va mamuriyatga, "Paxtakor" nomi ostidagi katta oilaning har bir a'zosiga rahmat aytaman. Bu jamoa rostdan ham katta oiladir.

Bu yerda eng yaxshi yigitlar va jamoa yig'ilganiga ishonaman. Ular menga murabbiylik g'oyalarimni amalga oshirishga yordam berishdi. Jamoa nafaqat mamlakat chempionati va kubogini yutishi, balki xalqaro musobaqalarda ham o'zini ko'rsatishiga ishonaman. Yuqori darajadagi professional va haqiqiy vatanparvarlarni tarbiyalagan ota-onalarga rahmat aytaman. Men uchun eng yaxshi ishqibozlar sanalgan muxlislarga alohida minnatdorchilik bildirib qolaman.

Yigitlar va klubning g'alabalaridan quvonib, u uchun qayg'uraman. Men katta oila a'zosi bo'lganman va shunday bo'lib qolaman. Afsonaviy klubdagi ishimdan faxrlanaman. Umid qilamanki, buyuk klubda boshqaruvni kim qo'lga olishidan qati nazar jamoaning g'oliblik ananasi saqlanib qoladi va bunga guvoh bo'lamiz.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz