Samuel Eto'O: Chelsining taklifini qabul qilish qiyin bo'lmadi

Narzulla Saydullayev
29 avg 2013, 23:10
Anjining sobiq hujumchisi Samyuel Eto’O Chelsiga o'tish qarori oson qabul qilinganini tan oldi, deb xabar bermoqda London klubi rasmiy sayti.
Bu qiyin bo'lmagan qaror edi. Ayni paytda Chelsi qanday bosqichda ekanini ko'rdim va men Joze Mourinyo bilan ishlashdan baxtliman. Shu sababli bunday imkoniyatdan foydalanishga qaror qildim.

Bunday klubga o'tganimdan xursandman. Klub safida imkon qadar tezroq maydonga tushishni istayman, - deydi Eto`O.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru