“Sampdoriya” prezidenti to'rt oyga diskvalifikaciya qilindi

13 dek 2019, 23:42
Italiyaning “Sampdoriya” klubi prezidenti Massimo Ferrero futbol bilan bog'liq har qanday faoliyatdan chetlatildi.

Ferrero va uning rafiqasi Vanessa futbol bilan bog'liq har qanday faoliyat turidan to'rt oyga chetlatildi, klubga esa 15 000 evro jarima solindi.

Ferrero 2014 yilning iyunidan klubga egalik qilishni boshlagandi. Bir yildan buyon esa u jamoani sotish niyatida ekanligini ma'lum qilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Gazzetta dello Sport