Samir Nasri: Siti vakillari shartnomani uzaytirish borasida agentimga qo'ng'iroq qilishdi

Aziz Tukhtamuradov
8 mar 2014, 13:57
Manchester Siti yarim himoyachisi Samir Nasri klub bilan shartnomasini uzaytirishga tayyorligini aytib o'tdi.

Yaqin orada muzokaralar bo'ladi. Klub vakillari shartnomani uzaytirish bo'yicha agentimga qo'ng'iroq qilishdi.

Vaziyatga qarab ish tutamiz. Agar barchasi meni qoniqtirsa, klubni almashtirishda hech qanaqa mano ko'rmayapman.

Maqsadim – yaqin yillar ichida Chempionlar Ligasida g'alaba qozonish, - deb aytib o'tdi Fransiya terma jamoasi a'zosi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: The Telegraph