Samarqand futbol federatsiyasi kubogi finalida "Sherdor" va "Registon" o'ynaydi

28 yanv 2014, 23:28
Bugun Samarqand viloyat futbol federatsiyasi kubogi uchun Tayloq tumanidagi "Qo'shchinor" stadionida ikki yarim final uchrashuvlari bo'lib o'tdi.
Bugun bo'lib o'tgan uchrashuvlarning birinchisida "Dinamo" yoshlar jamoasi va "Sherdor" darvozalarni ishg'ol eta olmadi. Uchrashuv 0:0 hisobida yakunlangan qo'shimcha bo'limlarda ham tenglik saqlanib qoldi. Penaltilar seriyasida omad Birinchi liga vakili "Sherdor"ga klub boqdi va to'rt marta aniq zarba bera olgan bo'lsa, "Dinamo" yoshlari ikki marta penaltidan aniq foydalana oladi.
Ikkinchi uchrashuvda yana bir birinchi liga vakili "Registon" raqibi bo'lgan "Qo'shchinor"ni o'z maydonida yirik hisobda mag'lub etdi.

Samarqand viloyat futbol federatsiyasi kubogi. 27.01.2014

Chorak final. "Qo'shchinor" stadioni (Tayloq)

"Dinamo" (yoshlar) - "Sherdor"  0:0 (pen 2:4)

"Registon" - "Qo'shchinor" 3:0

Ertaga turnirning yakuniy uchrashuvi bo'lib o'tadi. Unda ikki birinchi liga vakili "Sherdor" va "Registon" maydonga chiqadi.

Final. 28.01.2014

"Qo'shchinor" stadioni. 11:00

"Sherdor" - "Registon"

Manba: samfutbol.uz