Saloh peshqadam

30 dek 2018, 08:57
“Liverpul”ning misrlik yarim himoyachisi Muhammad Saloh APL 20-turida “Arsenal”ga (5:1) qarshi bellashuvda gol urish bilan birga bitta golga assistentlik qildi.

Natijada Saloh joriy mavsumda APLda birinchi bo'lib “gol+pas” tizimida 20 ochko jamg'ardi. Misrlik futbolchi 13 ta golga mualliflik qilgan bo'lsa, 7 bor jamoadoshlarining gollariga hammualliflik qildi. Uning eng yaqin taqibchisi “Chelsi”ning belgiyalik yarim himoyachisi Eden Azar bo'lib turibdi. Uning hisobiga 19 ochko (10 ta gol+9 ta pas).

Bundan tashqari Saloh 13 ta goli bilan APL to'purarlari bahsida Obameyang va Keyin bilan peshqadamlik qilishmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.com