Saloh o'z niyatini Kloppga aytgan

Mirjalol Normatov
27 avg 2023
"Liverpul" futbolchisi Muhammad Saloh jamoadan kyetishi mumkin.

Futbolchi o'z niyatini jamoa bosh murabbiyi Yurgen Kloppga aytgan va faoliyatining yangi sahifasi boshlanishi uchun umid bildirayotganini bildirgan. So'nggi qaror "Liverpul" bosh murabbiyiga bog'liq bo'lib turibdi.

Salohning stolida "Al Ittihod"dan kelgan yiliga 100 million evrolik maosh taklifi turibdi. Futbolchi uchun qarorini bildirishning so'nggi kuni 28 avgust qilib belgilangan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/FootballTalkHQ