Saloh Yevropa milliy chempionatlarida faoliyati davomidagi yubiley golini urishga erishdi

Eldor Akmurzayev
5 may 2019, 00:55
Angliya chempionatining 37-turida Nyukasl davozasiga 28-daqiqada gol urgan Liverpul hujumchisi Muhammad Saloh o'ziga xos ko'rsatkichni qayd etdi.

Gap shundaki, misrlik futbolchining mazkur aniq zarbasi Yevropa milliy chempionatlarida faoliyati davomidagi yubiley 100-goliga aylandi. U gollarining 9tasini Shveytsariya, 35tasini Italiya hamda 56tasini Angliya klublaridagi faoliyati davomida urgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: SportsCenter