Saloh bu yozda "Al-Hilol"ga o'tmaydi

Administrator
26 mar 2025, 00:34
"Liverpul" vingeri Muhammad Saloh katta ehtimol bilan yozda "Al Hilol"ga o'tmaydi.

Vingerning transferi bir necha sabablarga ko'ra amalga oshmaydi. Birinchidan, Saudiya Arabistonida insonlar bu borada pessimistik kayfiyatda. Ikkinchidan, "Al Ittihod"ning avvalgi taklifini ilgari surgan o'rtakashlar hozir faol muzokaralar olib bormayapti. Uchinchidan, "Liverpul" rahbariyati Salohning Yevropada qolmoqchi ekaniga ishonmoqda.

Avvalroq, insayderlar "Al Hilol" Saloh uchun "ulkan" taklif tayyorlayotgani va futbolchi shu yilning yozida Saudiya Arabistoni klubiga o'tishga yaqinligi haqida xabar tarqatgan edi.

32 yoshli Saloh joriy mavsum "Liverpul" safida barcha musobaqalarda 43 ta o'yinda maydonga tushib, 32 ta gol urdi va 22 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: twitter.com/JacobsBen