Salim Mustafoev: "Muxlislar bugun bizga katta yordam berishdi"

Aslanov Jasurbek
30 noya 2016, 16:10
"Lokomotiv" himoyachisi Salim Mustafoev "Nasaf"ga qarshi O'zbekiston Kubogi final uchrashuvidan (1:0) so'ng, "Sport" telekanaliga kichik intervyu berdi.

"Uchrashuv juda og'ir o'tdi. Muxlislarga rahmat aytmoqchiman. Bugun ular bizga katta yordam berishdi. "Nasaf" yaxshi shakllangan jamoa. Ular kuchli o'yin ko'rsatishdi, ammo omad bizga kulib boqdi" - deydi Salim Mustafoev.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia